Bosh sahifa » Yangiliklar

Yangiliklar


“O’zstandart” agentligi tomonidan O‘z DSt 3205:2017 “Telekommunikatsiya tarmoqlari. Ma’lumotlar uzatish xizmatlarining sifat ko’rsatkichlari va normalari” me’yoriy hujjati qabul qilindi. Ushbu standart ma'lumotlar uzatish xizmatlarining asosiy sifat ko'rsatkichlari va me'yorlarini, shuningdek uni ba  01.02.2018 00:00

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari soxasida yangi me'yoriy hujjat

“O’zstandart” agentligi tomonidan O‘z DSt 3205:2017 “Telekommunikatsiya tarmoqlari. Ma’lumotlar uzatish xizmatlarining sifat ko’rsatkichlari va normalari” me’yoriy hujjati qabul qilindi. Ushbu standart ma'lumotlar uzatish xizmatlarining asosiy sifat ko'rsatkichlari va me'yorlarini, shuningdek uni baholash usullarini belgilaydi. Ushbu hujjat 2018 yil 10 martdan kuchga kiradi. Ushbu standart talablari telekommunikatsiya operatorlari va telekommunikatsiya xizmatlarini  taqdim etuvchi provayderlar uchun ma'lumot xizmatlari ko'rsatishda majburiy hisoblanadi. Hujjat matnini bu yerda o'qing.




Sizni Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!  14.01.2018 00:00

Sizni Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

Aziz do'stlar!

Sizni Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! 14 yanvar - bu mamlakatning erkinligi va mustaqilligi uchun jon fido qilishga tayyor bo’lgan jasur, ruhan kuchli insonlar bayrami. Biz ushbu bayramni alohida tuyg'u bilan nishonlaymiz. Bu bayram chindan ham jasorat va qahramonlik ramziga aylandi. Vatan, oila va yaqinlarimizni himoya qilish – har birimiz uchun farz, muqaddas burchdir. Himoyachilar – bu Respublikamiz fuqarolarining osoyishtaligini, farovonligini va xavfsizligini himoya qiluvchilardir. Sizga mustahkam sog'liq, tugamas kuch-quvvat, ruhan tetiklik, muvaffaqiyat va farovonlik tilaymiz. «O'zbektelekom» AK Farg'ona filiali

  36




Prezident axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi  09.01.2018 00:00

Prezident axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

9 Yanvar 2018 yil

2018 yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Bugun mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va kundalik hayotga izchil joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘tgan yilda raqamli televideniye qamrovi 88 foizdan 100 foizgacha yetkazildi. Mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 7 foizga oshib, 22,8 millionga yetdi. 2017 yilda axborot texnologiyalari sohasida 7,7 trillion so‘mlik yoki 2016 yilga nisbatan 26 foizga ko‘p xizmat ko‘rsatildi. Investitsiya dasturi doirasida 260 million dollar o‘zlashtirildi.

Yig‘ilishda erishilgan natijalar alohida qayd etilar ekan, 2018 yilda va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida ham so‘z bordi.

Prezidentimiz axborot texnologiyalari sohasida hali qilinadigan ishlar ko‘pligi, erishilgan natijalar boshqa davlatlarga qaraganda ancha past ko‘rsatkichda ekanligini qayd etdi.

Misol uchun: axborot texnologiyalari sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi Janubiy Koreyada – 9 foiz, Yaponiyada – 5,5 foiz, Xitoy va Hindistonda – 4,7 foiz, O‘zbekistonda atigi 2,2 foizni tashkil etadi. Buni axborot-kommunikatsiya rivojlanish indeksi reytingdagi 176 ta mamlakat ichida O‘zbekiston 95-o‘rinni egallagani isbotlab turibdi.

Yig‘ilishda Internet tarmog‘iga ulanish qamrovini kengaytirish va tezligini oshirish, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya sohasida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatish, “Elektron Hukumat” tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Internetdan 20 million aholi foydalanadi, deb hisobot bergansizlar. Biroq, milliy Internet orqali taklif etiladigan xizmatlar doirasi juda cheklangani sababli, aholining aksariyat qismi Internetdan faqat “Telegram”da yozishma uchun foydalanadi, xolos, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda MDH davlatlari bo‘yicha Internetning o‘rtacha tezligi biznikidan 10 marta yuqoriligi qayd etildi. Aloqa operatorlari chekka hududlarda, avtomobil va temir yo‘llarga yaqin hududlarda telekommunikatsiyalarni kengaytirishga sarmoya kiritmayotgani ta’kidlandi.

Mutasaddilarga Internet narxini keskin arzonlashtirish, tezligini kamida 4 barobarga oshirish, 2020 yilgacha esa MDH davlatlari darajasiga yetkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘yicha zarur topshiriq berildi.

Bugun “Xavfsiz shahar” yagona kompleksini yaratish dasturiga muvofiq loyihaning konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida 16 mingdan ortiq kameralar o‘rnatish, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va Situatsiya markazlarini tashkil etish belgilangan. Shuningdek, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz hudud”, “112” tizimi, oliy ta’lim muassasalariga imtixon topshirish jarayonlariga videokuzatuv hamda yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini ro‘yxatga olish tizimlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda “Xavfsiz hudud” va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi farmoniga asosan tashkil etilgan «Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi»da 140 dan ortiq korxonaga rezident maqomi berilib, ularda ayni vaqtda 1000 dan ortiq dasturchi mutaxassis ishlamoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida eng zamonaviy texnologiyalar va ta’lim uslublari keng joriy etilmoqda.

2018 yilda xalqaro tajribani, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlanish tendensiyalarini inobatga olgan holda, “2018-2021 yillarda “Elektron Hukumat” tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqish, “Mirzo Ulug‘bek innovatsiya markazi» rezidentlari tomonidan ko‘rsatiladigan ishlar va xizmatlar hajmini kamida 2 barobarga hamda eksport hajmini 1,8 barobarga oshirish, rezidentlar uchun chet el kompaniyalari bilan hamkorlik qilishda va yangi bozorlarga chiqishda ko‘maklashish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini uch yil ichida jahondagi eng obro‘li 1 000 universitet safiga kiritishni ta’minlash, sohada jahonda yetakchi bo‘lgan universitet va kompaniyalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning xorijiy stajirovkasi va malaka oshirishini keng tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va buning uchun milliy kadrlar tayyorlash ishlari hali talab darajasida emasligi qayd etildi, mutasaddilarga dunyoning yirik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korporatsiyalar bilan tenglasha oladigan milliy operatorimiz va dasturchilarimizning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

Yig‘ilishda “O‘zbektelekom” kompaniyasining ishlash samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xalqaro telefon so‘zlashuvini noqonuniy amalga oshirayotgan sub’ektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, xalqaro tajriba asosida pochta tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqib, yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Manba: president.uz

Manba: Axborot xizmati




Hurmatli do‘stlar!  29.12.2017 00:00

Hurmatli do‘stlar!

stock-photo-yangi-yil-9185

Sizni Yangi 2018-yil bilan samimiy tabriklayman! Sizni o‘tib borayotgan yildagi barcha xursandchiligingiz, kirib kelayongan yilda ham quvontirishda davom etsin. Sizga chin dildan baxt, omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Orzularingiz ro‘yobga chiqib, rejalaringiz amalga oshsin, omad yor bo‘lsin, xonadoningizda doim xursandchilik, xotirjamlik va muhabbat ruhi hukmron bo‘lsin! Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!!!

«O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali




O‘zbekistonda Internet tezligi 2,5 marta oshirish rejalashtirilgan!  25.12.2017 00:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi da mamlakatimiz telekommunikatsiya va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish sohasida  vazifalar belgilab berildi.

Jumladan, Davlatimiz Rahbari shunday dedi: “Aholini telekommunikatsiya xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish maqsadida uzoq tumanlarda 2 ming kilometr optik-tolali aloqa tizimlari qurish, Internet o‘tkazuvchanligini 2,5 barobar oshirish va 4 mingdan ortiq tayanch mobil aloqa stansiyasini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida 600 dan ziyod aholi punkti Internet va mobil aloqa bilan ta’minlanadi”. 

Manba




Mamlakatimiz tarixida birinchi marta Prezident Murojaatnoma taqdim etmoqda  23.12.2017 00:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etmoqda.

Bu nufuzli anjumanda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan birga, videokonferensiya aloqa tizimi orqali tuman, shahar va viloyatlardagi mahalliy kengashlarga saylangan xalq deputatlari hamda barcha bo‘g‘indagi ijro hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, nodavlat tashkilotlar vakillari keng tarkibda ishtirok etmoqda.

Murojaatnoma 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.

Tadbir tafsilotlari saytimizda onlayn tarzda yoritib boriladi. Saytimizni kuzatib boring.

Manba




UZONLINEdan Yangi yil taklifi!  20.12.2017 00:00

2017-yil 20-dekabrdan 2018-yil 31-yanvargacha faqat UZONLINE abonentlari uchun TAS-IX tarmog‘ining tezligi 18 Mbit/s.gacha oshiriladi! Shoshiling, allaqachon Yangi yil sovg‘alari Sizni kutmoqda!

Aksiya faqat RUN-1, RUN-2, RUN-3, Active NEW tariflari seriyalari, Start NEW tarif rejalari uchun taqdim etiladi.

Aksiyaning amal qilish hududi – O‘zbekiston Respublikasi FTTx (FTTB, GPON) texnologiyasi bo‘yicha UZONLINE savdo belgisi abonentlari.

Aksiyani ishga tushirilishi va uning Shartlari haqida xabar berish «O‘zbektelekom» AK tomonidan tegishli axborotni Internet tarmog‘idagi  www.uzonline.uz rasmiy sayti va boshqa kommunikatsiya vositalarida e’lon qilish orqali amalga oshiriladi. 

«O‘zbektelekom» AK tegishli axborotni Internet tarmog‘ida  www.uzonline.uz rasmiy sayti va boshqa kommunikatsiya vositalarida e’lon qilish orqali Aksiya shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega, masalan: SMS-tarqatma-xabar yoki boshqalar. Ishtirokchilar yuqorida ko‘rsatilgan saytdagi tegishli o‘zgarishlarni mustaqil tekshirib borishga majburlar.




Aziz do‘stlar!  08.12.2017 00:00

«O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali Sizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yillik qutlug‘ sanasi bilan samimiy tabriklaydi.

Bosh Qonunimiz – mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy, axloqiy-ma’naviy vaziyat barqarorligining eng muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. Konstitutsiya jamiyatning birlashtiruvchi, fuqarolararo totuvlikni saqlovchi kuchidir.

const_6_12_2008_4

Ushbu bayram kunida Sizlarga tinchlik, farovonlik, barcha boshlayotgan ishlaringizda barqarorlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz! O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir inson uchun Vatan ravnaqi yo‘lida oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishishingizda kuch va ishonch manbai bo‘lib qolsin!

Chin dildan Sizga va oilangizga baxt, tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

«O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali




O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori – UZMOBILE «Millioninchi abonenti!» ajoyib bayram aksiyasini o‘tkazdi. 9-noyabr kuni keng jamoatchilik va OAV vakillari ko‘z oldida UZMOBILE GSM tarmog‘iga millioninchi abonent ulandi. U kim bo‘lishi mumkinligi – erkak yoki ayol, talaba yoki uy bekasi, yoshg  09.11.2017 00:00

O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori – UZMOBILE «Millioninchi abonenti!» ajoyib bayram aksiyasini o‘tkazdi. 9-noyabr kuni keng jamoatchilik va OAV vakillari ko‘z oldida UZMOBILE GSM tarmog‘iga millioninchi abonent ulandi. U kim bo‘lishi mumkinligi – erkak yoki ayol, talaba yoki uy bekasi, yoshgina qiz yoki muhtaram ustoz, - bu oxirgi daqiqalargacha noma’lum edi.

Toshkent vaqti bilan soat 11-00da UZMOBILE sotuvlar ofisiga yosh yigit kirib keldi va UZMOBILE GSM tarmog‘iga ulanishni so‘radi. Aynan u –Toshkent arxitektura-qurilish instituti birinchi bosqich talabasi, Shavkatjon Akmaldinov bo‘lib, UZMOBILE GSM standarti tarmog‘ining ramziy millioninchi abonentiga aylandi. U Toshkentga o‘qishga kirish uchun Farg‘ona viloyatidan kelgan.

UZMOBILE tijorat direktori Islamov Javlon Rasulovich UZMOBILE GSM millioninchi abonentiga sertifikat va «chiroyli raqam»ga bepul ulanish uchun sertifikat va bepul internet-paket taqdim etildi.

Yaqindagina, 2015-yil 15-aprel kuni Toshkent shahrida – poytaxt mintaqasida «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali GSM standarti tarmog‘i tijorat foydalanishga kiritilganligiga ishonish qiyin. Mana hozirgi kunga kelib, operator faqat UZMOBILE GSM tarmog‘i (UZMOBILE CDMA-450 tarmog‘i foydalanuvchilarini hisobga olmaganda) 1 millionga yaqin abonentlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

«Uzluksiz ravishda UZMOBILE GSM tarmoqlarini qurish va kengaytirish ishlari olib bormoqdamiz. 2G/3G va 4G texnologiyalarini joriy etish bilan butun O’zbekistan bo‘ylab bosqichma-bosqich rivojlanish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kundayoq 4G tarmog‘i respublikaning barcha viloyat va tuman markazlarida amal qilmoqda. Butun respublika bo‘ylab Sotuvlar vakillari va sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofislari soni faol o‘sib bormoqda. – deydi, UZMOBILE direktori, Vladimir Vladimirovich Kravchenko. – Qulay va arzon tarif rejalari, xizmatlarning yuqori sifati va xizmat ko‘rsatishning qulayligi, hozirgi kundayoq butun mamlakat bo‘ylab faqat UZMOBILE GSM tarmog‘iga ulangan abonentlar soni milliondan oshib ketishiga sabab bo‘ldi. Har kun yana bir necha minglab yangi foydalanuvchilar ulanmoqda. Abonentlarimizdan o‘zlariga mobil aloqa operatori sifatida bizni tanlaganliklari uchun minnatdormiz!».

Millioninchi abonent – bu «UZMOBILE» filialining yutuqlaridan biridir. Shu bilan birga, UZMOBILE Toshkent shahrida eng yaxshi ovozli servislar sifati bo‘yicha eng yaxshi natijaga erishib, Toshkent shahri hududida o‘z abonentlarini eng yashi sifatli ovozli servis va ma’lumotlar uzatish servislari bilan ta’minlovchi operator maqomini olishga muyassar bo‘lgan.

2016-yilda «UZMOBILE» filiali o‘z abonentlarini GSM va CDMA tarmog‘i ichida birlashtirdi. Shuningdek, UZMOBILE jahonning barcha mamlakatlari bilan xalqaro avtomatik rouming xizmatlarini joriy etmoqda va kengaytirmoqda hamda hozirgi kunda «Rouming» xizmati 65tadan ortiq mamlakatlarda taqdim etilmoqda.

«Elektron hukumat» tizimlari rivojlantirish markazi bilan hamkorlik to‘g‘risida imzolangan Memorandum doirasida abonentlarga davlat idoralarining 80ta veb-saytiga bepul ulanish imkoniyatini beruvchi «Xalq bilan muloqot» maxsus xizmati kiritilgan.

UZMOBILE – ishonchli aloqa mobil operatori!




«O‘zbektelekom» AK ishlab chiqarish korxonalari «Made in Uzbekistan» O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yutuqlari ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda  06.11.2017 00:00

7-9 noyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» MKM AJ Markaziy pavilonida barcha sanoat tarmoqlari sifatli va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlari bilan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari ishtirokida - «Made in Uzbekistan» (O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan)  O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yutuqlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

100dan ortiq yirik kompaniyalar ko‘rgazmada o‘z ishtiroklarini tasdiqladilar. Mazkur ko‘rgazma-yarmarka mamlakatimiz sanoat kompaniyalarini ilgari surish va taqdimotlari, innovatsion yutuqlari, respublika ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati, respublika erkin industrial-iqtisodiy va maxsus iqtisodiy zonalari rivojlanishi, iqtisodiy va investitsion imkoniyatlarini ochish, investitsion loyihalar uchun keng imkoniyatlar taqdimoti bilan ko‘rgazma tashrifhilari va ishtirokchilarining keng tanishishlariga yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi korxonalar «Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari» bo‘limida namoyish etiladi. «O‘zbektelekom» AK ishlab chiqarish korxonalari ham ko‘rgazmada o‘z mahsulotlarini taqdim etadi:

  • Avtomobil sanoati
  • Yengil sanoat
  • Energetika tarmog‘i
  • Elektrotexnika sanoati (maishiy texnika va boshqalar)
  • Qurilish industriyasi
  • Kimyo sanoati
  • Tog‘-metallurgiya sanoati
  • Charm va galantereya mahsulotlari
  • Farmatsevtika sohasi
  • Oziq-ovqat sanoati
  • Moliyaviy muassasalar
  • Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari
  • Xalq iste’moli tovarlari
  • Mebel sanoati
  • Ta’lim va boshqalar.

Eslatamiz, o‘tkazish joyi: «O‘zekspomarkaz» MKM AJ. Ma’lumotlar uchun telefon raqamlari: + (99871) 238-56-11/19/10/00.

Sayt: www.uzexpocentre.uz




Страницы: 1 [ 2 ] [ 3 ] [ 4 ] [ 5 ] [ 6 ] [ 7 ] [ 8 ] [ 9 ] [ 10 ] [ 11 ] [ 12 ] [ 13 ] [ 14 ] [ 15 ] [ 16 ] [ 17 ] [ 18 ] [ 19 ] [ 20 ] [ 21 ] [ 22 ] [ 23 ] [ 24 ] [ 25 ] [ 26 ] [ 27 ] [ 28 ] [ 29 ] [ 30 ] [ 31 ] [ 32 ] [ 33 ] [ 34 ] [ 35 ] [ 36 ] [ 37 ] [ 38 ]
Yangiliklar:

“O’zstandart” agentligi tomonidan O‘z DSt 3205:2017 “Telekommunikatsiya tarmoqlari. Ma’lumotlar uzatish xizmatlarining sifat ko’rsatkichlari va normalari” me’yoriy hujjati qabul qilindi. Ushbu standart ma'lumotlar uzatish xizmatlarining asosiy sifat ko'rsatkichlari va me'yorlarini, shuningdek uni ba

01.02.2018

batafsil...



Sizni Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz!

14.01.2018

Aziz do'stlar!

Sizni Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! 14 yanvar - bu mamlakatning erkinligi va mustaqilligi uchun jon fido qilishga tayyor bo’lgan jasur, ruhan kuchli insonlar bayrami.

batafsil...



Prezident axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

09.01.2018

2018 yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

batafsil...



Hurmatli do‘stlar!

29.12.2017

Hurmatli do‘stlar!

Sizni Yangi 2018-yil bilan samimiy tabriklayman! Sizni o‘tib borayotgan yildagi barcha xursandchiligingiz, kirib kelayongan yilda ham quvontirishda davom etsin. Sizga chin dildan baxt, omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Orzularingiz ro‘yobga chiqib, rejalaringiz amalga oshsin, omad yor bo‘lsin, xonadoningizda doim xursandchilik, xotirjamlik va muhabbat ruhi hukmron bo‘lsin! Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!!!

«O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali

batafsil...



O‘zbekistonda Internet tezligi 2,5 marta oshirish rejalashtirilgan!

25.12.2017

batafsil...



 
150100 Farg'ona sh., Al-Farg`oniy, 5 uy
Tel.: (373) 244-08-07;
Fax: (373) 244-14-00;
E-mail: fertel@uztelecom.uz
Created by: Megagroup.uz