Bosh sahifa » Yangiliklar

Yangiliklar


Навоийни англаш бахти  13.02.2012 13:53

     Шоир, муаррих, рассом, хаттот, меъморлар шу буюк қуёшсимон зот соясида камол касб этганлар. Мир Алишер Навоий шогирдпешалиги  билан машҳур бўлган. Ёшлардаги истеъдодни таниш ва эътироф этиш, табиий  қобилият, рағбатлантириш, ғоявий  етуклик ва маҳоратни ўстириш доимий диққат-марказида бўлган."Мажолис ун-нафоис", "Хамса ун-мутахаййирин","Маҳбуб ул- қулуб","Тарихи ҳукамо","Насойим ул-муҳаббат" каби қатор асарларида бу масалалар ўзининг ёрқин ифодасини топган. Лекин Навоийнинг мусиқа амалиётидан  ижод этганларини ҳамма ҳам билавермайди.Хазрат Навоий мусиқа илмидаги устозлари Юсуф Бурхон ва Абдулла Марварид  сингари устозларини ҳамиша қўллаб-қувватлаб турган.Удда зўр таълим олган дейдилар.Заҳириддин Муҳаммад Бобур "Бобурнома"сида "Алишербек яна мусиқийда яхши нималар боғлабди.Яхши нақшлари, пайравлари бордир" деб ёзган. Ҳа, буюк мутафаккирнинг мусиқий асарларининг  баъзилари  бизгача етиб келганлиги ҳақида тахминлар бор...

     ТАТУ Фарғона филиали доценти Набижон Солиевнинг маърузасида даҳо шоир ва мутафаккир, давлат арбоби Алишер Навоийнинг ҳаёти ва фаолияти талқини, тадқиқотчи олимларнинг бу борадаги изланишлари ҳақида сўз борди.               

    Дунё бир ном билан зийнатланган 9 февраль- Алишер Навоий таваллуди  куни "Ўзбектелеком" АК Фарғона филиали мажлислар залида "Навоийни англаш саодати" мавзусидаги маънавий-маърифий тадбирда ТАТУ Фарғона филиали доцентлари Гулнора Қўчқорова ҳамда Гулжаҳон Маҳмудовалар ҳам Навоий бобомизнинг демократик қарашлари, адолатпарварлик, виждонлилик,поклик, меҳр-шафқатлилик қадриятларини сайқал топтиришга қўшган улкан ҳиссаси ҳамда иқтисодий тафаккури ҳақидаги суҳбатларидан ҳам улуғ аждодимизнинг ижодини теран ўрганиб, ибрат ва сабоқлар олиб яшаш нақадар фарахли эканлиги аён сезилиб турди.

   ТАТУ Фарғона филиали талабалари Дилдорахон Эшимова ҳамда Ойжаҳон Дергачовалар баланд  оҳангларда Навоий  ғазалларидан  ўқишганда кўнгиллар чароғонликка тўлди.

    Дарҳақиқат, олимлар билан учрашув иштирокчиларда унутилмас хотиралар қолдирди. Кундалик иш ва рўзғор ташвишлари ўрнини энг нафис, энг гўзал туйғулар тўлдирди.Чеҳраларни Навоийни англаш севинчи ёритиб юборгани қандай соз. Ҳар биримиз тадбирдан муносиб ҳаёт сабоғини олиб, янада олижаноброк, янада бахтлироқ бўлиб қолган бўлсак не ажаб!

                  Ҳафиза Саляҳова.




Ishchi-xodimlar xayoti farovonligi yo'lida  31.01.2012 15:29

      "O'zbektelekom" AK Farg'ona filiali  mehnat jamoasining konferensiyasi bo'lib  o'tdi. Unda
"O'zbektelekom" AK  va O'zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushma Markaziy kengashi o'rtasida
2O1O-2O11  yillar uchun tuzilgan "Yagona jamoa shartnomasi"ning bajarilishi yakunlari tahlil etildi.
       Mehnat munosabatlari va mehnat bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga
solish, ishchi-xodimlarni ijtimoiy himoya qilishlarning turmush darajasi pasayishining oldini olish
buyicha belgilangan majburiyatlarni bajarish yuzasidan "O'zbektelekom" Farg'ona filiali  va viloyat
aloqa xodimlari birlashgan kasaba uyushma  qo'mitasi hamkorlikda qator ijobiy ishlarni amalga
oshirdi.Jamoa shartnomasida ko'zda tutilgan moddiy rag'batlantirish va ijtimoiy to'lovlarga  sal kam
1mlrd 600 mln so'm sarflandi. Sohada uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan 937 nafar xodimga  uzluksiz ish staji uchun qariyb 407 mln 500 ming so'm qo'shimcha haq to'landi.Ishchi-xodimlardan 8 nafari sihatgohlarda salomatliklarini mustahkamlab oldilar. Ularning uch nafariga  filial mablag'lari  hisobidan yo'llanmalar berildi.Birinchi marta qonuniy nikohdan o'tgan 26 nafar
hodimga  sal kam 14 mln 200so'm, Nafaqa yoshiga yetishi va yubileylari  munosabati  bilan 80 nafar  20 mln 400ming so'm miqdorida  rag'batlantildi,shuningdek, nafaqaga chiqib, mehnat faoliyatini yakunlagan 20 nafar xodimga 11 mln 700 ming so'mdan ortiqroq moddiy yordam pullari berildi.Ishchi-xodimlarning farzandalaridan 200 nafari oromgohlarda sog'lomlashtirildi."O'zbektelekom " AK tomonidan 1mlrd 274 mln 735 ming so'mlik yordam ko'rsatildi.
         Konferensiyada filial kasaba uyushma qo'mitasi ma'ruzasida ana shularga keng to'xtalindi.2012 yil -Mustahkam oila yilida amalga oshirilishi zarur bo'lgan xayrli ishlar, yosh oilalarni
qo'llab-quvvatlash masalalari to'g'risida ham gap bordi. Farg'ona shahar telekommunikasiyalar
bog'lanmasi boshligi Azizaxon Abdullajonova, shu bog'lanma bosh muhandisi Ulug'bek Sultonov, shu bog'lanma xodimi Xolisxon Qodirova, Quva telekommunikasiyalar bog'lanmasi  Hasan A'zamov, Qushtepa  tuman telekommunikasiyalar bog'lanmasi boshlig'i Zokirjon To'ychiev va boshqalar filial faoliyatini va kasaba uyushma ko'mitasi ishlarini  yanada yaxshilash, zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi bois ishsiz qolgan xodimlarga va TATU  Fargona filiali hamda axborot texnologiyalari kollejlari bitiruvchilariga yangi ishchi o'rinlari  yaratish, mehnat qonunchiligiga qa'tiy rioya etilishi nazorati yuzasidan o'z takliflari bildirdilar.
        Anjumanda O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi  Bosh direktorining birinchi
O'rinbosari  Asror Ishonxo'jaev, aloqa xodimlari kasaba uyushmalari Markaziy  kengashi  bo'lim
boshlig'i A. Abdurasulov, "O'zbektelekom" AK Bosh direktorining birinchi o'rinbosari qahramon
Yo'ldoshevlar to'planib qolgan ba'zi  muammoli masalalar yechimini topish bo'yicha  yo'nalish va
ko'rsatmalar berdilar.
                                                                                                                Hafiza Salyahova.                                                                                                                              



Loyiha samarali amalga oshirilmoqda  27.01.2012 13:19

Orolbo'yida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Uzonline - "Yagona oyna" aloqa xizmatlari yo'lga qo'yildi.

Bu yerda telekommunikatsiya tarmog'i faoliyatini yaxshilash, sohaga yangi texnologiyalarni joriy etish va aloqa infratuzilmasini takomillashtirishga yo'naltirilgan istiqbolli loyiha amalga oshirilayotir. Unga ko'ra, shahar va tuman markazlarida raqamli telekommunikatsiya tizimi keng joriy etilib, optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikda so'zlashuv va axborot uzatish, qabul qilish imkoniyatlari yaratilmoqda.

"O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi filialiga qarashli Beruniy tumani telekommunikatsiya tarmog'ida ochilgan Uzonline xizmatlarining savdo ofisi orqali mijozlar ana shunday qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Ularga xalqaro andozalarga mos telefon aloqasi, internet, faks, SDMA standartidagi mobil aloqa xizmatlari ko'rsatilmoqda.

- Yuqori sifat va tezlikdagi internet tarmog'idan bugungi kunda ko'plab abonentlar foydalanmoqda, - deydi tuman telekommunikatsiya tarmog'i rahbari Egambergan Abdullayev. - Yangi xizmat turlaridan foydalanuvchilar ham mablag'ni, ham vaqtni tejamoqda.

Yaqin kunlarda Nukus shahri, Ellikqal'a, Amudaryo va Xo'jayli tumanlarida ham Uzonline - "Yagona oyna" xizmatlarini yo'lga qo'yish rejalashtirilmoqda.

                                                                                                         manba:         O'zA, A.Ortiqboyev


Mehnat - olqish zamini  25.01.2012 13:31

        Filialimizda ishchi va xodimlar yubiley sanalarida jamoa shartnomalarida ko'rsatilgan bandlar
bo'yicha rag'batlantirilmoqda.
Abbosxon Farg'ona politexnika institutini tugallagan  yildan buyon "O'zbektetelekom" AK Farg'ona
filiali Farg'ona shahar telekommunikasiyalar bog'lanmasida turli lavozimlarda ishlab
kelmoqda. Shahar telefon tarmoqlari stansiyasi boshlig'i vazifasida ham ishladi. O'n ikki yilki, 22 va
27 ATSlar boshlig'i.  Sohaning qaysi jabhasiga qo'yishmasin vijdonan, halol ishlashi bilan jamoa  va
rahbariyat e'tiborini qozondi.
       - Sohaga qattiq qiziqqanimdan har qanday qiyinchiliklariga parvo qilmay ishlayverdim, - deydi
Abbosxon aka. - Montyorlikdan ish boshladim. Bu kichkina lavozim hisoblangani bilan mas'uliyati juda katta kasbni tez fursatlarda egalladim. Montyorlik maktabini o'tamagan muhandis bo'lolmaydi,
deganlaricha bor ekan. Shahrimiz xududlari, mahallalardagi shart-sharoitlar, aholi bilan muomala
madaniyati nima - tushunib yetdim.  Omadim chopib shu kasbni tanlabman, Safidin Ablyalimov va
Muhammadjon aka kabi ajoyib ustoz-murabbiylar qo'lida tarbiya topdim. Avvalgi boshliqlardan
hamda  keyingi yillardagi  Davlatali Toshmatov  hamda   No'monjon Akbarov singari bilimdon va
fayzli rahbarlardan faqat va faqat yaxshilik ko'rdim. O'tgan umrim mobaynida sohamizda qanday
modernizasiyalash ishlari amalga oshirilgan bo'lsa barchasida sidqidildan ishtirok etib, soha
rivojiga o'zimning kamtarin hissamni qo'shib kelayotganim bilan faxrlanaman.
          Darhaqiqat, ko'plab ishchi-muhandislar kabi Abbosxon akaning kunlarni tunlarga ulab,
halovatlardan kechib ishlagan paytlari ko'p bo'lgan. Ustoz aloqachi o'zi kabi talabchan shogirdlarni
etishtirgani bilan ham g'ururlanadi. Ro'zmatjon Nazarov,  Ahmadjon Tursunov, Sarmonali Usmonov,
Umidjon Ahmadjonov ana shunday ustozdan o'tgan shogirdlardir.
Astoydil qilgan mehnatlari mukofoti bo'lsa kerakki, uni shu kunlarga yetkazdi. Sohada yuz berayotgan mislsiz o'zgarishlardan hayratlanadi. Bugungi hur Vatanimizning navqiron avlodiga havaslanib qaraydi. Ular orasida hayotdan munosib o'rin topgan va topayotgan dilbandlari borligi uchun shukronalar aytadi. Turmush o'rtog'i Muqaddasxon bilan uch nafar farzandni kamolga yetkazdilar. Hammasining qo'llarida guldek hunarlari bor. El-yurt ishiga kamarbasta bo'lib tanilishgan. Olti nafar nevaralar - ertangi kun umid g'unchalari. Ularning qurshovida qolganda "qanchalar boy odamman-a", degan xushnudlik og'ushida qoladi.
         -Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor,-deydi suhbatimiz yakunida Abbosxon aka.-
Faxriylikning osoyishta, so'lim kunlariga yetkazganiga shukr. TATUni, kollejlarni bitirib  kelib
safimizga qo'shilgan o'tyurak bolalar biz boshlagan ezgu ishlarni sharaf bilan davom ettirishadi,
degan umiddaman. Aminmanki, ular biz ustozlar ishonchini albatta oqlaydilar.
         Tavallud kuniga 60 yil, mehnat faoliyatiga sal kam 38 yil to'lishini nishonlayotgan Abbosxon
Agzamovga ziyoda umr, farzandlar iqbolini ko'rishlikni tilaymiz. 
       Husanboy Abdurahimov,
      "O'zbektelekom" AK Farg'ona filiali kasaba uyushma qo'mitasi raisi.



Videokonferensaloqa xonalari  23.01.2012 13:11

        Ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar bugungi kunda hech kimga sir emas. Mamlakatning asosiy rivojlanish poydevori ta'lim va ilm-fanga bog'liq. Mamlakatimizda ta'lim sohasida qo'lga kiritilgan bir qator yutuqlar nafaqat O'zbekistonda, balki jahon hamjamiyatida ham munosib baholanmoqda.

Buning sababi bitta, u ham bo'lsa ta'limda qilinayotgan islohotlar va izlanishlardir. Oliy ta'lim vazirligining buyrug'iga muvofiq O'zbekiston oliy o'quv yurtlarida masofadan ta'lim berish loyihasi yakunlanib, videokonferens xonalar barcha institut va universitetlarda foydalanishga topshirildi.

Videokonferens xona - har bir soha uchun faqatgina yuzma-uz muloqot qilish emas, bugungi kunda masofadan ta'lim berish imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xonadir. Bu konferens xonalar orqali istalgan kishi dunyo bo'ylab faqat muloqot emas, videoqo'ng'iroqlarni ham amalga oshirishi mumkin. Oxirgi o'n yillikda ko'pgina sohalarning tezkor va yuzma-uz muloqotga bo'lgan ehtiyojining oshishi masofadan muloqotning taraqqiy etishiga olib keldi. O'z navbatida, masofadan ta'lim berish ham rivojlandi. Masalan, Shimoliy Amerikada, Yevropaning ko'pgina davlatlarida va Osiyoda bu zamonaviy ta'lim taraqqiy etayotganini ko'rish mumkin. Shu bilan bir qatorda, bugun O'zbekistonda ham videokonferensaloqa yo'lga qo'yilgan. Xonalarning o'lchamiga mos ravishda, har bir universitetda konferens xonalar bir-biriga o'xshamagan tartibda tashkil etildi. Har bir xonada zamonaviy texnologiyalar: HD kamera, karnay, mikrofon, ekran, videoterminal, proyektor va  server qurilmalarining so'nggi modellaridan foydalaniladi. Oliy o'quv yurtlari UzNetga optik tolali kabellar orqali ulangan bo'lib, ushbu provayder yuqori tezlikda ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatini beradi.

Videoaloqa xonalari talabalar va professor o'qituvchilarning bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq universitetlar bilan ilmiy ish olib borishlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi va shu bilan birga, ularga ko'pgina qulayliklar yaratdi. Masalan, hamkor universitet va filiallarining manbalaridan o'zaro foydalanish hamda bevosita tajriba almashish imkonini berdi. Bu esa talaba va o'qituvchilarning ta'lim olish jarayonlarini jadallashtiradi, elektron kutubxona imkoniyatlaridan to'liq foydalanish, talabalar bilan yangi fikrlar almashish, qolaversa, jonli ma'ruzalarda qatnashish imkoniyatini beradi.

Videokonferensaloqadan respublika bo'ylab o'tkaziladigan ilmiy yig'ilishlar, muhim uchrashuvlar va xalqaro ta'limga oid anjumanlar to'g'ridan-to'g'ri universitetlarga olib beriladi va ular bevosita qatnasha oladilar. Bunda vaqt, pul va masofa muammolari hal qilinadi va ko'p sonli qatnashchilar ishtirok etishlari mumkin.

Xulosa qilib aytganda, videokonferensaloqaning eng katta afzalligi bu boshqa hamkorlar bilan jonli aloqa qilishdadir.

                                                                        manba:             Behzod Muhiddinov, TATU magistranti


Texnologiyalar-2012. Yilning kutilayotgan eng katta to‘rtta yangiligi  20.01.2012 08:32

Har yili texnologiyalar olami turfa yangiliklarni taqdim etishiga ko'nikib qolganmiz. Kirib kelgan 2012 yil ham kutilmagan sovg'alarni bizga tayyorlab qo'ygani aniq. Biroq, hozirdanoq ayrim yangiliklar haqida ma'lumotlar tarqalib ulgurgan. Ushbu maqolada axborot texnologiyalarining oddiy foydalanuvchilaridan tortib, mutaxassislarni-da befarq qoldirmaydigan yilning to'rtta eng katta yangiligi haqida to'xtalamiz.

1. Windows 8

Dunyodagi eng mashhur amaliyot tizimining yangi talqini bozorga chiqarilishining aniq sanasi hozircha ma'lum emas. Kutilayotgan vaqt - 2012 yilning kuzi. Biroq uni komputeriga o'rnatish istagida bo'lganlar bunga yaqin orada erishishlari mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra, erkin ko'chirib olish mumkin bo'lgan tizimning birinchi beta-talqini fevraldayoq internetda joylashtiriladi.

 Windows 8 amaliyot tizimi Microsoft uchun juda muhim, dunyoning eng yirik dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisining kelajakdagi taqdiri aynan shu mahsulotning muvaffaqiyatiga bog'liq. Softver giganti planshet komputerlar bozorida Apple (iOS amaliyot tizimli iPad) va Google (Androidda ishlaydigan o'nlab planshetlar) bilan raqobatga kirisha olmadi. Kutilayotganidek, an'anaviy shaxsiy komputerlar bozori bundan buyon shiddat bilan o'smaydi, shuning uchun Microsoft planshetlarga moslangan Windows va ofis dasturlarini chiqarib, bu bozorda sezilarli ulushga ega chiqishga harakat qiladi.

Windows 8 haqida ko'p narsa hozirdan ma'lum. Amaliyot tizimi "ikkitasi birda" tamoyili asosida quriladi. "Pusk" tugmali va dasturlar yorliqlari aks etgan an'anaviy ekran (rabochiy stol) hamda hujjatlar amaliyot tizimining bir qismi bo'ladi, xolos. "Fasad"i esa Metro Interfeysli sensor tarzida boshqariladigan ekranga maksimal darajada yaqinlashtirilgan. Bu interfeys aksariyat foydalanuvchilarga Windows Phone 7 smartfoni orqali tanish. Ilovalarning ham ikki turda bo'lish ehtimoli katta:  biri - "planshet"li, ikkinchisi - odatiy.

Microsoftning mazkur amaliyot tizimiga sensor va odatiy "sichqoncha-klaviatura"dan tashqari harakatlar orqali boshqaruv hamda ovozli boshqaruv joriy qilinishi mumkinligi ham mutaxassislar tomonidan e'tirof etilmoqda. Windows 8da, shuningdek, Apple komputeri va Googlening mobil amaliyot tizimlaridagi kabi o'rnatilgan ilovalar do'koni ham bo'ladi. Internet Explorer 10 asosiy brauzer sifatida o'rin oladi. Microsoftdagilar butunlay o'zgacha tezlikni va'da qilishapti - Windows 8 o'rnatilgan komputer yoqilishi bilan 8 soniya o'tmasidan ishchi holatga kiradi.

2. iPhone 5

Microsoftdan farqli ravishda Apple o'zining ishlanmalarini qat'iy sir saqlayapti. O'tgan yilda hech kim beshinchi iPhone qanaqa bo'lishini tasavvur qila olmayotgan edi. Yil oxirlariga yaqinlashib, uning ko'rinishi taqdim etildi. Shunday bo'lib chiqdiki, beshinchi mahsulot 2010 yili sotuvga chiqarilgan iPhone 4dan tashqi jihatdan dearli farqlanmaydi. Faqat tezlik hamda ishlash tartibida farqlar bor.

Bu - mahsulotning tashqi ko'rinishidan kelib chiqqan taassurotlar. Aksariyat kuzatuvchilar  iPhone 5 shu yilning yoz yoki kuz oylarida butunlay o'zgacha ko'rinishda va yanada kengroq ekranda chiqarilishini taxmin qilishmoqda. Ushbu mahsulot muxlislari iPhone 4Sni yarim yil kutishganini hisobga olsak, iPhone 5ni yanada ko'proq kutishga to'g'ri kelishi ham mumkin. Boshqa tarafdan raqobatchilar qo'l qovushtirib o'tirgani yo'q. Shuning uchun yangi mahsulotni yoz oylarida sotuvga chiqarish muvaffaqiyatliroq bo'ladi.

Yil oxiriga qadar iPhone 5 qatoriga "katta aka" - uchinchi avlod turkumidagi iPad ham qo'shilishi taxmin qilinapti. Mish-mishchilar bir ovozda ushbu qurilma o'ta yuqori hajmli displey bilan ta'minlanadi deyishmoqda. Shuningdek, yaxshilangan kamera, yangi portlarni qo'llab-quvvatlash, yanada yupqa va yengil korpus kabi ustunliklari haqida ham gap-so'zlar bor. Aytgancha, bu yangilikdan voqif bo'lgan Samsung o'z raqobatchisidan oldinroq yangi planshetini sotuvga chiqarish niyatida. O'tgan haftada ma'lum bo'lganidek, koreyslar 11,6-duymli Android 4.0 bazasida ishlaydigan yuqori tiniqlikdagi displey o'rnatilgan planshetni yil boshidayoq foydalanuvchilarga taqdim etishni rejalashtirishgan.

3. Qulay narxli "ultrabuk"

Noutbuklarning yangi avlodi - "ultrabuk"lar 2012 yilda ommalashish uchun asosiy nomzod hisoblanadi. Bir yarim kilogrammdan oshmaydigan, qalinligi bir yarim santimetr bo'lgan bu qurilma joriy yilda yanada mukammallashadi va arzonlashadi. Hozirdanoq Toshiba qulay narxli "ultrabuk"larni sotuvga chiqarishga harakatni boshlab yuborgan. Hozircha ularning narxi 800 AQSh dollarini tashkil etadi. 13-duymli MacBook Airlar bundan ikki barobar qimmat. Biroq uch barobar arzon narxga xuddi shu kabi qurilmani taqdim etish niyatidagi raqobatchilar ham bor. 10 yanvar kuni Las-Vegasda ochiladigan CES-2012 ko'rgazmasida ishlab chiqaruvchilar "ultrabuk"larning 50ga yaqin modellarini taqdim etishni rejalashtirganlar. Bunday raqobat sharoitida "upqa va yengil" noutbuklarning narxi tushishi aniq va yoz oylaridayoq qulay narxli "ultrabuk"lar bozorlarimizda paydo bo'lish ehtimoli bor.

4. Samsung Galaxy S III

Smartfonlar bozorida salmoqli o'rinni egallashga ulgurgan koreyslar 2012 yilda iPhone 5ga raqobatlashadigan kamida bitta smartfonni taqdim etmasligi mumkin emas. Mahsulotning nomini hali hech kim aniq aytib bera olmaydi. Hozircha smartfon nomi shartli ravishda Galaxy S III deb atalapti.

Samsung bu yangiligini fevral oyidayoq Barselonada o'tadigan Mobile World Congress ko'rgazmasida keng ommaga taqdim etadi, degan taxminlar bildirilapti. Yangilik barcha ko'rsatkichlar bo'yicha o'tgan yili judayam ommalashgan "guglafonlar": Galaxy S II hamda Galaxy Nexusdan mukammal bo'lishi aniq. Ekraniga Nexusniki kabi 1280ga 720 nuqtali hajmdagi Super AMOLED Plus o'rnatiladi. Kamerasi esa 5 emas, 12 megapikselli bo'ladi. Ayrim manbalarda keltirilishicha, tezkor xotira 2 gigabaytgacha oshirilishi mumkin va protsessor sifatida Exynos 4212 - Cortex-A9 arxitekturali yuqori kuch va kam energiya sarflaydigan ikki yadroli chipdan foydalaniladi. Amaliyot tizimi esa Android 4.0 bo'lish ehtimoli yuqori.

Galaxy S III yilning yagona mashhur "guglofoni" bo'lmaydi. Chunki bir oylardan beri SonyEricssonning Nozomi deb nomlangan smartfoni haqida ham internetda ma'lumotlar tarqalgan.

2012 yilda texnologiyalar olamida kutilayotgan shov-shuvli yangiliklar shulardan iborat. Albatta, bulardan boshqa yana bir qancha muhim yangiliklar bizni kutib turgani tabiiy. Jumladan, mamlakatimiz aloqa va axborotlashtirish sohasida ham 2012 yil uchun qator rejalar belgilangan. Bu haqda gazetamizning keyingi sonlarida batafsil to'xtalamiz. Yangi yil yangiliklarga boy bo'lsin.

                                                                                  manba             Lutfillo TURSUNOV.  "Xabar.uz"


Prezident asari o'rganilmoqda  17.01.2012 14:35

         Farg'ona   viloyatida  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  "O'zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida" asarini  o'rganish  va targ'ib  qilish  bo'yicha  targ'ibot  guruhlari  barcha shahar  va  tumanlardagi  boshqarmalar,  tashkilot,  korxona  va  ta'lim  muassasalarida   uchrashuvlar   o'tkazilmoqda. Olimlar, yozuvchilar, jurnalistlr  va  siyosiy  partiyalar,  jamoat   tashkilotlari   vakillaridan  iborat   targ'ibot   guruhlari   viloyat   aloqa  korxonalarida   bo'lib,  ushbu   mavzudagi   suhbatlardan   barhamand   etmoqdalar.  

         "O'zbektelekom" AK Farg'ona filialida  ham  "Farg'ona  tongi" gazetasi  muharriri    Rustamjon  Oripov  rahbarligidagi  targ'ibot  guruhi  "Inson  tafakkur  xazinasiga  bebaho xissa"   mavzusida  qiziqarli suxbat o'tkazdi. Jonli  muloqotda  ushbu  kitobda  mamlakatimizning   o'z davlat  mustaqilligini  qo'lga  kiritish  arafasida  va  keyingi  ilk  oylarda  Prezidentimiz olib  borgan  siyosiy-ishtimoiy  faoliyati  ma'ruzalari, maqolalari  va  intervyularida  yorqin  aks  etgani  haqida  gap  bordi. O'zbekiston  salnomasida  muxim  siyosiy  voqea,  yurtimizni  milliy istiqlolga  olib kelgan  mashaqqatli  va  sharafli  kurashning  tarixiy sahifalari  yuraklarda  o'chmas  iz  qoldirishi  tabiiy. Notiqlar  ana shular  hamda  asarning  ilmiy - nazariy  qimmati, mamlakatimiz  rahbarining  ko'rsatgan  jasorati   va  shijoati , istiqlolga  qanchalar  mashaqqatlar bilan  erishilgani haqida  so'zlab  berdilar.

                                                                                                                              H.ASQAROVA




Унутилмас кунлар сурури.  11.01.2012 13:12

     Фарғонада ICTEхро  2011 Ахборот технологиялари анъанавий миллий кўргазмасининг илк маротаба ўтказилганлиги вилоят аҳолиси,айниқса  олий ўқув юртлари талабалари,коллежлар ўқувчилари ҳаётида унутилмас воқеа бўлди.

     "Ўзбектелеком" АК Фарғона филиали юқори тезликдаги интернет  хизматларига, ADSL модемлари,UZMOBILE  алоқа хизматлари,CDMA  450  стандартидаги стационар ва мобил телефон аппаратларига,SET-TOP-BOX   тюнерларига қизиқиш катта бўлди.

     Тошкент шаҳридаги Websum корхонаси реклама маҳсулотлари, New Max корхонаси  Maxtrack GPS  мониторинг тизими ва туркум треккерларини, Sen Soft  корхонаси эса дастурий таъминотлар ва тарқатма материаллар билан иштирок этди.

     Интернет провайдерлик,веб саҳифалар яратиш хизматлари,Е- ҳужжат,"Фиксатор"  дастурий таъминот маҳсулотлари,локал тармоқ қуриш,лойиҳалаш хизматларини Фарғона вилоят ҳокимлиги комьпютерлаштириш ва ахборотлаштириш маркази намойиш қилди.

     ТАТУ Фарғона филиали оптик нур толали алоқа тизимларида ахборотни ҳимоялаш қурилмаси ,заиф эшитувчи ва заиф кўрувчилар учун матн таржимаси дастури,"АКТ -таълим.VZ" -билим бериш ва билимни баҳолаш тизими иштирокчиларда катта таассурот қолдирди.

     Шунингдек,"Ўзбекистон почтаси" ОАЖ Фарғона филиали кўргазмаси соҳада АКТ нақадар кенг қўланилаётганлигини кўрсатди.Қатнашчиларга айниқса рўйхатга олинувчи почта жўнатмаларини назорат қилиш тизимлари маъқул бўлди. Иштирокчиларни Марғилон  ТВ кўргазмасидаги замонавий таъсвирга олиш, монтаж қилиш ускуналарига қизиқиши ҳам кучли бўлди.

-  Бир сўз билан айтганда, 5700 нафардан зиёд иштирокчилар , (65 фоизи талаба ва ўқувчи ёшлар) 24 та корхона кўргазмаларини зўр мамнуният билан томоша қилиб,бир олам баҳра олдилар, десак асло муболаға бўлмайди,- дейди ЎЗААА Фарғона вилояти худудий бошқармаси етакчи мутахассиси Абдувоҳид Жўраев. - Кўргазмага                 келганлар Интернет хизматлари, "Биллион" компютер дастури тизими, магазин аптекаларида штрих код орқали савдони ташкил қилиш, IT - консалтинг, IT - аутсорсинг, веб сайтларини яратиш ва хостинг, тармоқ ускуналарин ўрнатиш ва созлаш хизматлари, ADSL модемлари, картириджлар учун бўюқлар, "Jetbook" ва "Jetbook Light", электрон таржимон - "Партнёр-Р900", антивирус ҳамда бугалтерга мадад дастурлари, нихоятда бой тарқатма материаллар билан таништилар. Қатнашчилар АКТ йўналишидаги сўнги янгиликлар тўғрисидаги тўлиқ маълумотларга эга бўлдилар. 250тадан ортиқ шартномалар имзоланди. Салкам 500та тузишга келишиб олинди. Мухтасар қилиб айтганда, кўргазма юксак савияда ўтди, Тошкент, Бухоро ва Фарғона кўргазмалари ўртасида веб трансляция нинг амалга оширилиши, бир вақтнинг ўзида бошқа кўргазмалар билан танишиш имконияти яратилганлиги айниқса диққатга сазовор бўлди. Турган гапки, бу имконияти анъанавий миллий кўргазма аҳамиятни янада оширди.

-  Тўғри. Кўргазмада наминатсалар ғолиблари аниқлангани хам катта ахамият касб этди. "Ўзбектелеком"  AK " Стенднинг энг яхши ахборот таъминоти учун" ,  "Уздунробита" ХИЧҚ Фарғона филиали "Энг кўп ташриф буюрилган стенд", "Microc New Tech" корхонаси "Стенднинг энг яхши техник жиҳозлангани учун", ХК "Coscom" Фарғона филиали эса "Стенднинг энг яхши дизайни учун" , "Ўзбектелеком" АК бизнесни бошқариш марказ "Стенд ходимларининг энг яхши иши учун" номинациялари бўйича ғолиб деб топилдилар.

-  Бундан ташқари ёш йигит қизлар қатнашган викторина ва танловларда ғолиблар брендланган маҳсулотлар билан тақдирландилар.

-  Хўш, ёшлар кўргазмадан қандай хулосалар ясадилар? Суҳбатлардан маълум бўлдики, ҳамон ўша кунлар сурури билан яшамоқдалар. Айримлари ўз олдига қатор режаларни белгилаб олишган. Қанчадан қанча янги туғулган ғоялар уларга тинчлик бермайди.

-  Инсонлар интеллектуал салоҳиятни юксалтиришга, турмуш фаровонлигни кўтаришга хизмат қилувчи бундай тадбирлар тез-тез ўтказиб турилса айни муддао бўларди.      

                                                                                                                  Ҳафиза Саляҳова,    




Алоқачининг уриб турган юраги – “Хабар”  04.01.2012 13:07

Муболағага йўймангу мен учун айнан шундай. Агар кимгаки, бу таъриф -тавсиф ёқмаса ,  демак у  алоқачи эмас."Хабар"дан топганларим " мақоласини ўқир эканман хаёлимдан ана шу фикрлар ўтди.Ва  шуни ҳам  айтиш керакки, сал кам йигирма йилдан буён "Ҳабар"қўлдан қўймай келаётганлар  орасидан асл алоқачилар етишиб чиққан. Улар кўпчилик. Улар бизнинг устозларимиз, Форобий бобо  таъкидлаганларидек, " билиш ва ўқишга муҳаббатли инсонлардир. Ҳозирги раҳбарларимиз ана шулар жумласидан эканликлари билан ҳам ҳурмат-эҳтиромимизга сазовордирлар.

    Чиндан ҳам инсоннинг бахти-иқболи билимда, имкон қадар кўпроқ билимга эга бўлишда.Бунга ана шу устозларимиз ҳаёти ва фаолияти ёрқин мисол бўла олади.Бизлар, тан олайлик, оилани базўр бошқарамиз, фарзандлар тарбияси ҳам анча-мунча куч ва вақт талаб қилади.Баъзан толиқтиради.Рост.Тарбия-нозик масала. Устозларимиз эса минг нафардан ҳам бисёр алоқачига масъул, жавобгар. Кун-тун ҳаловат нима-билмайдилар, қандай қилсам соха янаям  жадал тараққий этади, нима қилсак хизматлар сифати юксалади, алоқачи турмуш сифатини яхшилашнинг  яна қандай йўллари бор- бош қотирадилар.Филиалимиз қошида ташкил этилган МЧЖ туфайли байрамларда икки м арта гўўшт берилди.Арзон баҳода тухум сотилмоқда. Бундан иккинчи жаҳон уруши қатнашчилари, барча фахрийлар ва  бола парваришида таътилда бўлганлар ҳам баҳраманд бўлдилар.Мен бу меҳр-оқибатдан ич-ичимдан қувонаман.Мундоқ  фикрлаб кўрсак улар шу нарсаларга муҳтож эмас. Бироқ  жамоа эътибори ва эътирофи ҳар нарсадан улуғ ва бебаҳодир. Буни мен уларнинг "Раҳмат.Кўнглим тоғдек кўтарилди" деган  хитобларидан юрак-юракдан ҳис этаман.Бинобарин,  бир даврлар ёшлик ғайрат-шижоатларини соха ривожига бахшида этганларга ҳиммат  кўзи билан қараган асло кам бўлмайди.Шундай чоғларда почтачилик касбимни  камтарин  меҳнатларим билан ардоклаётганимдан  ва шундай устозларим билан фахрланиб кетаман.  Демоқчиманки, бу эзгу ишларда даъват этишда сохамиз газетасининг ҳиссаси ғоятда  беқиёсдир.Зеро,"Хабар" алоқачи маънавияти ва интеллектуал салоҳияти жонкуяри. Бир сўз билан айтганда, "Хабар" алоқа сохасининг тимсолидир. Биз севимли газетамиз мутолаа қилар эканмиз, таҳлиллар асосида хулосалар ясаймиз, почтанинг эртаси гўзал  бўлиши учун баҳоли қудрат  ўз улушимизни қўшишга интиламиз. Мана шундай  мутолаа дамлари ҳаётимиздаги энг саодатли  дамлардир, десам ишонаверинг.

                                 Обиджон Умаров,

            "Ўзбекистон почтаси" ОАЖ Фарғона филиали етакчи мутахассиси.




Инсон тафаккури хазинасига бебаҳо ҳисса   28.12.2011 13:34

Фарғона вилоятида Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг "Ўзбекистон Мустакилликка эришиш остонасида" асарини  ўрганиш ва тарғиб қилиш бўйича тарғибот гуруҳлари барча шаҳар ва туманлардаги бошқармалар, ташкилот, корхона ва таълим муассасаларда учрашувлар ўтказмоқда. Олимлар, ёзувчилар, журналистлар ва сиёсий партиялар, жамоат ташкилотлари вакилларидан иборат тарғибот гурухлари  вилоят алоқа корхоналарида бўлиб, ушбу мавзудаги  суҳбатларидан баҳраманд этмоқдалар.

       "Ўзбектелеком" АК Фарғона филиалида ҳам "Фарғона тонги" газетаси муҳаррири Рустамжон Орипов раҳбарлигидаги тарғибот гуруҳи    "Инсон тафаккур хазинасига бебаҳо ҳисса" мавзуида қизиқарли суҳбат ўтказди. Жонли мулоқотда ушбу китобда мамлакатимизнинг ўз давлат мустақиллигини қўлга киритиш арафасида ва кейинги илк ойларда Президентимизнинг олиб борган сиёсий - ижтимоий фаолияти маърузалари, мақолалари ва интервьюлари
да ёрқин акс этгани ҳақида гап борди.  Ўзбекистон солномасида муҳим сиёсий воқеа, юртимизни  миллий истиқлолга олиб келган машаққатли ва шарафли курашнинг тарихий саҳифалари  юракларда ўчмас из қолдириши табиий.Нотиқлар ана шулар ҳамда асарнинг илмий- назарий қиммати, мамлакатимиз раҳбарининг кўрсатган жасорати ва шижоати , истиқлолга қанчалар машаққатлар билан эришилгани ҳақида сўзлаб бердилар.

                                                                                                                                   Ҳ.Асқарова.




Страницы: [ 1 ] [ 2 ] [ 3 ] [ 4 ] [ 5 ] [ 6 ] [ 7 ] [ 8 ] [ 9 ] 10 [ 11 ] [ 12 ] [ 13 ] [ 14 ] [ 15 ] [ 16 ] [ 17 ] [ 18 ] [ 19 ] [ 20 ] [ 21 ] [ 22 ] [ 23 ] [ 24 ] [ 25 ] [ 26 ] [ 27 ]
 
150100 Farg'ona sh., Al-Farg`oniy, 5 uy
Tel.: (373) 244-08-07;
Fax: (373) 244-14-00;
E-mail: fertel@uztelecom.uz
Created by: Megagroup.uz